"Uzbekistan Airways" yoshlar uchun chegirma e’lon qildi — tafsilotlar

“Yoshlar oyligi” munosabati bilan aviakompaniya iyun oxiriga qadar 15 foizli chegirma beradi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 9-iyundan boshlab barcha mahaliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 15% chegirma e’lon qildi.
Chegirmalar O‘zbekistonda “Yoshlar oyligi” munosabati bilan iyun oxiriga qadar taqdim etiladi.
Chegirmalar 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun bo‘lib, 30-iyunga qadar O‘zbekiston bo‘ylab bajariladigan parvozlar uchun amal qiladi.
“UzAirways” Qurbon hayiti munosabati bilan chegirma e’lon qildi