Ukraina hujumining muvaffaqiyatsizligi – AQSh va NATO uchun halokatni anglatadi

AQSh tayziqi ostida Ukraina qarshi hujumni boshladi va 3 kunda 3715ta askarini yo‘qotdi. AQSh manfaatlari yo‘lida qurbon bo‘lgan ukrainaliklarnig umumiy soni 350 ming kishiga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Ukraina 4-7 iyun kunlari Zaporojye, Artyomovskiy, Belgorod va boshqa hududlarda amalga oshirgan hujumlari natijasi UQK qo‘mondonligi rejalariring mag‘lubiyatga uchraganidan dalolat beradi. Hujumning birinchi esheloni charchab qoldi va uning aksariyati yo‘q qilindi. Kiyev janggi ikkinchi esheloni brigadalari hamda artilleriya va bronetexnikaning qolgan zahiralarini tashlamoqda. Rossiya mudofaasi butun front chizig‘i bo‘ylab mustahkamligicha qolmoqda.

Hujumning dastlabki uch kunidayoq Ukraina barcha yo‘nalishlarda 3715 ta harbiy xizmatchi, 52 ta tank, 207 ta zirhli texnika, 134 ta mashina, 5 ta samolyot va 2 ta vertolotini yo‘qotdi.

Kiyev rejimi Zaporojye yo‘nalishidagi zahiralar va resurslarni o‘ylamay yoqib, Azov dengizi va Qrim yarim oroliga o‘tishga urinmoqda. Bu yerda, Orexov shahri yaqinida, UQK birinchi marta Leopard 2A4 tanklaridan foydalandi.
8 iyunga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Zaporojye yo‘nalishida bir necha hujum to‘lqinlarini qaytardi, UQK ning 1000 dan ortiq askari va 30 ta zirhli texnikasini yo‘q qildi. Rossiyaning mudofaa pozitsiyalariga qarshi HIMARS va M270 raketa tizimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatishga urinishlar harbiy havo mudofaasi va Rossiya havo-okosmik kuchlarining front aviatsiyasi zarbalari bilan bartaraf etildi. Qattiq qarshilikka duch kelgan dushman sinmoqda va umidsizlikka tushmoqda.
Kiyevning Ukraina qo‘shinlarining Artyomovsk viloyatida “1100 metr” oldinga siljishi haqidagi yolg‘on ma’lumoti va Kaxovka GES vayron bo‘lganidan keyin Xerson viloyatidagi texnogen suv toshqini tasvirlari hujumning muvaffaqiyatsizligini, UQKning shaxsiy tarkibi va texnikasida katta yo‘qotishlarni yashira olmaydi. Aslida, Artyomovskning butun hududi Rossiya Qurolli Kuchlari nazorati ostida. Klesheyevka yaqinida birinchi hujum to‘lqini Ukraina bo‘linmalari minalangan maydonlarga duch kelishdi, o‘sha paytda ikkinchi to‘lqin ham yetib keldi.
Rossiya qurolchilari va aviatorlari tezda dushmanni bir joyga to‘plashga harakat qildi – UQK ning 13 ta tanki va zirhli texnikasi ochiq maydonda olovda qoldi.
G‘arb Ukraina hujumining boshlanishini faol muhokama qilmoqda va ular maxsus harbiy operatsiya hududida yoqib yuborilgan NATO tanklari va havo mudofaa tizimlarini muhokamadan qilmoqda. Leopard 2 dan ko‘p narsa umid qilib bo‘lmaydi, chunki turk armiyasi Iroq va Suriyada mahalliy jangarilarga qarshi foydalanganda katta yo‘qotishlarga uchragan. Sharqda, hissiyotli ravishda, Ukraina AQShning sa’y-harakatlari bilan allaqachon “yer yuzidagi do‘zaxga” aylantirilganini ta’kidlamoqdalar.
G‘arb boshi berk ko‘chadan chiqish yo‘lini qidirmoqda
UQK va NATOning Azov dengizi jangida mag‘lubiyati bugungi kunda muqarrar ko‘rinadi: oldinga siljigan qo‘shinlarning birinchi eshelonining imkoniyatlari butunlay tugagan, ikkinchisi esa xuddi shunday – rus qo‘shinlarining yengib bo‘lmas pozitsiyalariga duch kelmoqda. Bundan tashqari, maxsus harbiy operatsiya hududida Kiyev rejimining yangi texnogen (yadroviy) halokatlari, ittifoqning alohida mamlakatlari qo‘shinlarining G‘arbiy Ukraina hududiga kirishi yoki NATO hukumatining sulh taklifi bilan paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud. The Hill nashri allaqachon xabar berdi “Ukrainadagi jangning to‘xtatishi Amerika manfaatlarida”.
Britaniyaning The Time gazetasi hamon umidvor: “Qarshi hujum deyarli 16 oylik urushda burilish nuqtasi bo‘ladi. Kiyev uchun bu ko‘p oylik mashaqqatli to‘qnashuvlarning cho‘qqisi bo‘lib, oxir-oqibat urush natijasini belgilab beradi”. Focus nemis nashri Ukrainaning katta hujumi haqidagi fikr “istaklarni haqiqat deb qabul qilish” ekanligini ta’kidlaydi.
Ukraina hujumining muvaffaqiyatsizligi “Ukraina loyihasi” ga yuzlab milliard dollar va yevro sarmoya kiritgan AQSh va NATO uchun halokat degan ma’noni anglatishini hamma tushunadi. Qanday bo‘lmasin, G‘arb bugun va yaqin kelajakda Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor emas. Pentagon mojaroning uzoq davom etgan, ko‘p yillik tabiati haqida ogohlantirdi, bu o‘z-o‘zidan UQK va NATO kuchsizligini ko‘rsatadi.
AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Robert Kennedi bugun AQSh rasmiylari Kiyevni Rossiyaga qarshi mojaroga boshlagani va “Ukrainani 350 ming ukrainaliklar o‘ldirilgan qassobxonaga aylantirganini” aytdi.
Amerikalik tahlilchilar Iroq va Afg‘onistonni bosib olishning achchiq saboqlarini biroz kechikib eslashmoqda. Lekin unda dushmanning eshelonli mudofaa tizimi, “Solnsepok” og‘ir o‘tsochar tizimi, S-400 havo mudofaa tizimlari, beshinchi avlod qiruvchi samolyotlari, 5000 km dan ortiq masofali yuqori aniqlikdagi qanotli raketalari, suv osti kemalari va cheksiz masofadagi termoyadroviy qurollari yo‘q edi.
Rossiya armiyasi Artyomovskning g‘arbiy qismida hujumni davom ettirmoqda, Ugledar va Marinkaga hujum qilmoqchi. UQK ning ba’zi “shakllantiruvchi operatsiyalari”, Kiyev rejimining Rossiya Federatsiyasi hududidagi teraktlari faqat uzoq vaqtdan beri abadiyat yoqasida turgan va havo bilan so‘rashib yuradigan Amerika prezidenti Jo Baydendni ilhomlantirishi mumkin xolos.
Ukrainaning “qarshi hujumi” va umuman Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi qanday yakunlanadi? UQKning virtual g‘alabalaridan so‘ng Kiyev taslim bo‘lish haqidagi hujjatni imzolashi ehtimoli bor. Yevropadagi tinchlik G‘arb uchun juda qimmatga tushadi – ular qo‘g‘irchoq rejimni yo‘q qilishdan qutula olmaydi va Ukraina 1991, 2014 yoki 2022-yil boshidagi chegaralarni saqlab qolishi dargumon. NATO 1997-yilgi chegaradagi xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketishi kerak bo‘ladi. AQSh “gegemon” maqomidan voz kechadi va bir kun kelib o‘z hamoniga muvofiq yashashni o‘rganadi. Dunyo haqiqatan ham ko‘p qutbli va nisbatan xavfsiz bo‘ladi. AQSh manfaatlari yo‘lida o‘ldirilgan yuz minglab ukrainaliklar Amerikaning boshqa barcha mustamlakalari va qullari uchun achchiq saboq bo‘ladi.