TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Eronning “Qeshm Air” aviakompaniyasi Tehrondan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar berdi "Uzbekistan airports".
Tehron-Samarqand-Tehron yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlari 21-iyundan yo‘lga qo‘yiladi. Reyslar haftasiga bir marta - chorshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan
Ma’lumot uchun, “Qeshm Air” — 1993-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan. Aviakompaniya mahalliy va xalqaro yo‘lovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.
Eslatib ztamiz, o‘tgan yili "Qeshm Air" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan edi.