Shaxmat: o‘zbekistonlik Umida Omonova jahon chempioni bo‘ldi

Batumidagi chempionatda shaxmatning rapid yo‘nalishida 9 ochko to‘plagan Umida Omonova jahon chempioniga aylandi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik Umida Omonova shaxmat bo‘yicha rapid yo‘nalishida jahon chempioni bo‘ldi, deya xabar berdi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev.
Gruziyaning Batumi shahrida 6-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda rapid yo‘nalishida 10 imkoniyatdan 9 ochko to‘plagan Umida Omonova jahon chempioniga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Umida Omonova Gretsiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham rapid, ham blis bo‘yicha g‘alaba qozonib, musobaqani ikkita oltin bilan tugatgan edi.