O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Saylov kuni ayrim uchastkalarda biometrik identifikatsiya qurilmalaridan foydalaniladi

Toshkent shahrining ayrim uchastkalarida saylov kuni saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi tajriba-sinov tariqasida foydalaniladi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Prezident saylovida Toshkentning ayrim saylov uchastkalarida biometrik identifikatsiya qilish tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissisining (MSK) navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasining tavsiyasiga asosan Toshkent shahrining tumanlari hududida joylashgan ayrim uchastkalarda saylov kuni saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi tajriba-sinov tariqasida foydalaniladi.
Shuningdek, saylov kuni ovoz berish jarayonini real vaqt rejimida (onlayn) video-translyatsiya qilish maqsadida respublikaning barcha tuman va shaharlari hududida joylashgan ikkitagachasaylov uchastkalarida videokamera va boshqa zarur qurilmalar o‘rnatiladi.