Biroz bulut, shamol va +40 daraja issiq — Toshkentda 9-iyun uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, poytaxt bugun ham +40 daraja issiq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, kechqurun shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin.
Kechasi +22-24 daraja iliq, kunduzi +38-40 daraja issiq bo‘ladi.