TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov "Norway Chess" musobaqasidagi ishtirokini davom ettirmoqda. Bugun musobaqaning 9-turida Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen bilan dona suradi.
Alirizo Firuzja Aran Tari bilan, Hikaru Nakamura Fabiano Karuana bilan, Anish Giri esa Shahriyar Mamedarov bilan o‘ynaydi.
Musobaqaning 9- tur baxslarini Norway Chess sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.
Turnir Norway Chess
© Norway Chess
Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov 8-tur doirasida Xikaru Nakamuraga qarshi dona surdi. Asosiy vaqtda durang qayd etilgan bo‘lsa, armagedonda Nodirbekning qo‘li baland keldi.
Bugun musobaqa yakunlanadi. Uning sovrin jamg‘armasi 2,5 million kronni tashkil etadi (taxminan 243 ming dollar). G‘olib 750 ming kron (taxminan 67,6 ming dollar) oladi.