Mirziyoyev Milanga keldi — u kimlar bilan uchrashadi?

Shavkat Mirziyoyev Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Rasmiy tashrif bilan Italiyada bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev Rimdan Milan shahriga keldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
“Malpense” aeroportida oliy martabali mehmonni Lombardiya viloyati rahbariyati kutib oldi.
"Davlat rahbari ushbu hudud gubernatori bilan uchrashadi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazadi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, “ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi bo‘yicha eng yirik xalqaro ko‘rgazmaga tashrif buyurilishi ham rejalashtirilgan.
1 / 4

“Malpense” aeroporti.

2 / 4

“Malpense” aeroporti.

3 / 4

Shavkat Mirziyoyev.

4 / 4

Shavkat Mirziyoyev.