Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi — Ibrohim Abdurahmonov

Bu yil magistraturaga qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi, deb yozmoqda Ta’lim nazorati.
Ibrohim Abdurahmonov qabulga oid jonli efirda ma’lum qilishicha, 2023-yil magistraturaga faqat bir marta yozda qabul bo‘ladi.
"O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani uchun faqat bir yil uchun 2-marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi", dedi vazir.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili magistraturaga qishki va yozgi qabul o‘tkazilgandi.