TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
© Sputnik / Gavriil Grigorov
/ Umuman olganda, vaziyat barqaror, hatto yaxshi deb aytgan bo‘lardim. Bu yo‘nalishda hamkorlik qilmoqdamiz. Biz kelishib olgan eng nozik masalalar bo‘yicha hammasi reja bo‘yicha ketmoqda - 7-8 iyul kunlari tegishli qurollarni tayyorlash ishlari yakunlanadi. Va biz zudlik bilan sizning hududingizga tegishli qurol turlarini joylashtirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaymiz. Hammasi reja bo‘yicha, hammasi barqaror, — dedi Putin.
Ikki davlat rahbarlari iqtisodiy sohadagi hamkorlikka ham to‘xtalib o‘tdi.
Moskva va Minsk o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tuzilmasi ijobiy tomonga o‘zgarmoqda, asosiy e’tibor nafaqat hamkorlikning an’anaviy yo‘nalishlariga, balki yuqori texnologiyali sohalarga ham qaratilmoqda, dedi Rossiya rahbari.
"Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘sib borayotgani haqida hozir gapirmayman. To‘g‘risi, xavfsizlik nuqtayi nazaridan qaraganda yaxshiroq, hozir alohida, yuzma-yuz gaplashamiz", - deya qo‘shimcha qildi u.