Endi elektron ishonchnomani onlayn bekor qilish mumkin

Avtotransport boshqaruvi uchun rasmiylashtirgan elektron ishonchnomani masofadan turib bekor qilish imkoniyati yaratildi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP - My.gov.uz) avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga taqdim qilingan elektron ishonchnomani bekor qilish xizmati ishga tushirildi. Bu haqda portal matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi xizmatni “Adliya” bo‘limidan topish mumkin. Bu xizmat orqali faqat my.gov.uz portalida rasmiylashtirilgan elektron ishonchnomalarni bekor qilish mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun portaldan olingan ishonchnomaning seriyasi va raqamini kiritish kifoya. Xizmat uchun haq olinmaydi.
2022 yil 1-sentabrdan boshlab avtomobillarni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni YaIDXP orqali elektron rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan edi.