TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Ukrainada NATOga a’zo bo‘lish istiqboli yo‘q, chunki bunday qadam butun dunyo miqyosidagi halokatga olib keladi, deb yozadi AQSh armiyasi iste’fodagi podpolkovnigi Deniyel Devis "Newsweek" uchun yozgan maqolasida.
"Ukrainaning NATOga kirishi, hozir yoki mojarodan keyin bo‘lsin, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan halokat xavfini bildiradi. Quruq va’dalarga qaramay, NATO Ukraina uchun jang qilish va o‘lish uchun qo‘shin jo‘natishni istamasligini allaqachon ifoda qilib bo‘lgan", - deyiladi maqolada.
Maqolada qayd etilishicha, ittifoq Kiyevni yolg‘on istiqbollar bilan mazax qilishda davom etib, AQSh va boshqalar yordamga kelishi uchun bahona bo‘ladi degan umidda Ukrainani xalqining hayotiga xavf soladigan siyosiy va harbiy qarorlar qabul qilishga undamoqda.
Devisning so‘zlariga ko‘ra, harbiy betaraflik Zelenskiy uchun maqsadga muvofiq va istiqbolli yo‘ldir, chunki Ukrainaning 1991-yilgi chegaralariga qaytishini kutish haqiqatga mutlaqo zid.
Mojaroga barham berishning yagona ehtimoliy yo‘li – Kiyev yo‘qotgan barcha hududlar qaytarilmasligiga kelishilgan muzokaralar yo‘li bilan mojaroni hal qilish, degan xulosaga keladi muallif.