TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Toshkent shahrining uchta tumanida suv ta’minoti to‘xtatildi. Bu haqda "Toshkent shahar suv ta’minoti" MChJ xabar berdi.
Toshkentdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida kutilmaganda yuzaga kelgan nosozlik sabab bir necha nasos stansiyalari elektr ta’minotidan uzilgan. Buning natijasida bir qator aholi massivlari suvsiz qolgan.
Suv ta’minoti to‘xtagan hududlar:
Yashnobod tumani:
- Semurg‘, Istiqlol, Do‘stobod mahallalari
Yakkasaroy tumani:
- Boshliq, Qushbegi, Armuton, Dilbuloq mahallalari
Mirobod tumani
- Istiqlolobod, Oltinko‘l, Tong yulduzi, Yangizamon, Abdurauf Fitrat, Furqat mahallalari.
Shuningdek, “Veolia Energy Tashkent” Chilonzor, Uchtepa va Yunusobod tumanlarining ayrim joylarida issiq suv o‘chirilishidan ogohlantirdi.
Ta’kidlanishicha, Qatortol ko‘chasi bo‘ylab quvurlarni qayta yotqizish bo‘yicha ishlarning tugallanishi va yangi issiqlik trassasining ulanishi munosabati bilan issiq suv ta’minotining cheklovisiz amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan quvur choklarini payvandlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlarga ehtiyoj paydo bo‘lgan.
8 iyun kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi:
- Chilonzor tumani: Beshchinor, Diyor, Oqtepa, Bog‘iston, Nafosat, Dilobod, Xalqlar Do‘stligi, Nafosat, Qatortol, Katta Navbahor, Navbahor, Ko‘tarma, Zarqo‘rg‘on va Fidokor mahallalari.
- Uchtepa tumani: 13 va 14-mavzelar.
Issiq suv ta’minoti 8-iyun soat 21:00ga qadar tiklanadi.
Yunusobod tumanida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 8-iyun kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi:
- 7, 8, 9, 10, 12, 14, 15 - mavzelar qisman, 16, 18 va 19 - mavzelar.
Issiq suv ta’minoti 8-iyun soat 19:00ga qadar tiklanadi.