TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 505,6 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Toshkent IEMda quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
© Minenergo
Ta’kidlanishicha, mazkur quyosh panellarini o‘rnatish va montaj qilish ishlari yakunlanib, qurilma to‘liq yashil energiya ishlab chiqarishni boshladi.
Korxonada muqobil energiya manbalarini joriy etish hisobiga o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini 30-40 foizi tejalishiga erishilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur stansiya yiliga 1 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida yiliga 100 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Ma’lumot uchun, markazda 2022-yilda jami sig‘imi 2400 litr bo‘lgan 17 ta quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib, yiliga 100 ming Gkal issiqlik energiyasi iqtisod qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, may oyi oxiridan “Yashil Energiya” MChJ tomonidan respublika hududlari bo‘ylab ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari boshlangandi.