TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi yo‘l belgilarini o‘rnatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Unda qator tartiblar belgilanmoqda.
Xususan, taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi.
Yo‘l belgilari reyestri shakllantiriladi hamda reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.
Yo‘l belgilarining joylari onlayn tarzda e’lon qilib boriladi.
Taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatiladi.
Hujjat 22-iyungacha muhokamada bo‘ladi.