San-Fransisko o‘rniga Magadan — tafsilotlar videoda

Bir guruh Hindiston, AQSh va Kanada fuqarolari bo‘lgan samolyot San-Fransisko o‘rniga Magadanga qo‘ndi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Dehli-San-Fransisko reysi bo‘yicha uchayotgan yo‘lovchi samolyoti dvigateli nosozligi tufayli Magadanga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Samolyotda Hindiston, AQSh va Kanadaning 230 dan ortiq fuqarolari bo‘lgan. Magadan shahrida ushbu kutilmagan mehmonlarni joylashtirish uchun mehmonxona yo‘qligi sababli yo‘lovchilar maktablardan biri va Madaniyat uyiga joylashtirilgan.
Samolyot dvigatelidagi nosozlikni qisqa vaqt ichida sozlashning iloji bo‘lmagani sababli ular uchun yangi bort yuboriladigan bo‘ldi. Yo‘lovichilar safari 2-3 kun ichida davom etadi.
Magadan shahar merining RIA Novostiga ma’lum qilishiga ko‘ra, bu yerdagi aeroport xalqaro maqomga ega bo‘lsa-da, lekin unda na chegara nazorati va na bojxona nazorati yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, shahar bir necha yildan buyon 4 yulduzli mehmonxona qurilishini kutmoqda. Ehtimol, ushbu hodisa tufayli ushbu rejalar endi amalga oshadi.