TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Fransiya poytaxti Parijda “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalar” nomli ko‘rgazma o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Ko‘rgazma Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, Arab dunyosi institutida ochilgan edi. Xabarda keltirilishicha, ko‘rgazma ochilgandan buyon unga 185 mingdan ortiq tomoshabin kelgan.
Unda O‘zbekistonning 9 ta muzeyi to‘plamlariga mansub 300 dan ortiq noyob buyumlar o‘rin olgan. Jumladan, ko‘rgazmada XIX – XX asr o‘rtalariga oid milliy to‘qimachilik mahsulotlari, liboslar, bezaklar, Buxoro amirligi davrining zardo‘zli choponlari, shuningdek, Turkiston avangardiga oid rangtasvir asarlar o‘rin olgan.