TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Qashqadaryoda fuqaro 75 yoshida beshinchi bor ota bo‘ldi. Bu haqda MY5 telekanali xabar qildi.
“Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi Xolmat Saidov 75 yoshida yana bir bor ota bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Erkakning beshinchi farzandi qiz. Ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqning ahvoli yaxshi.
Telekanal xabariga ko‘ra, qizi tug‘ilgunga qadar ota-ona nikoh to‘g‘risidagi guvohnomasini ololmagan, chunki ular tuman markazidan yuz kilometr uzoqda yashaydi.
“Bu safar FHDYo xodimlari ularga nafaqat qizining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini, balki ularning nikohini qayd etganlik haqidagi rasmiy hujjatni ham olib kelishdi”, — deyiladi xabarda.