TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan tuzilgan Kiyev fashistik rejimini almashtirish, Ukrainaga amalda neytral davlat maqomini berish kerak. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma’lum qildi.
“Vashington va London Kiyev fashistik rejimini tuzdi, Ukrainaga amalda neytral davlat maqomini berish orqali bu rejimni o‘zgartirish kerak”, - deya ta’kidladi Patrushev Minskda Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich bilan uchrashuvda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
"Ukraina atrofidagi inqirozning davom etishi AQShdan boshqa hech kimga foyda keltirmasligini qayd etishni istardim. Bugungi kunda Vashington butun Yevropani tiz cho‘kishga va bo‘ysunishga majbur qilib bo‘ldi. Maqsad – ko‘p qutbli dunyoning markazlaridan biriga aylanishi mumkin bo‘lgan Yevropa Ittifoqini zaiflashtirish orqali o‘z iqtisodiyotiga maksimal foyda keltirish ”, — deya qo‘shimcha qildi Patrushev.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina shunchaki G‘arb qo‘lidagi vosita, Rossiya va Ukraina xalqlari o‘rtasida hech qanday urush yo‘q.
"Bu holatda faqat AQShning ochiq agressiyasi bor. Shu bilan birga, mamlakatimiz o‘z xalqi va hududlarini himoya qilmoqda. Bizning esa g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz komil", – ta’kidladi u.