TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Kecha, 7-iyun kuni Indoneziya Turizm va kreativ iqtisod vaziri Sandiaga Salahuddin Uno rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekiston Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashdi. Bu xaqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar Imom al-Buxoriy hayoti va ijodi to‘g‘risida hamda Indoneziya prezidenti Sukarnoning O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha “Buxoriyni izlab” xujjatli filmini ishlab chiqish va ularni ikki davlatda namoyishini tashkil etish kabi masalalarni muhokama qilishdi.
© Press-slujba ministerstva kulturi i turizma RUZ
Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida halol turizm yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish, turistlarni jalb qilish uchun alohida o‘quv kurslarini tashkil etish hamda 2024-yilda Indoneziyada O‘zbekiston madaniyati va turizm kunlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.