O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 18 foizga oshdi – Aripov

Bosh vazirning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda YeOII mamlakatlari kapitali ishtirokida 1,5 mingtadan ziyod korxona tashkil etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. 2023 yilning to‘rt oyi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 18 foizga oshib, qariyb 6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston kuzatuvchi maqomida YeOII mamlakatlari bilan savdo munosabatlarini kengaytirish va yangi iqtisodiy o‘sish nuqtalarini shakllantirish bo‘yicha izchil ish olib bormoqda.
“Birgina bu yilning to‘rt oyi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 18 foizga oshdi va qariyb 6 milliard dollarni tashkil etdi”, - dedi Aripov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltiran.
O‘zbekiston bosh vazirining ma’lum qilishicha, mamlakatda YeOII mamlakatlari kapitali ishtirokida 1,5 mingtadan ziyod korxona tashkil etilgan.
YeOII 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan. Moldova va Kuba ham kuzatuvchi maqomiga ega.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII hamkorligi barqaror rivojlanmoqda — Mirziyoyev