Jazirama issiq sabab poyezdlar harakat tezligi cheklandi

Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda keskin issiq ob-havo sabab poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu qaror yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Kompaniya harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Avvalroq Toshkent metrosi issiq ob-havo tufayli tezlikni pasaytirgani xabar qilingan edi.
O‘zgidromet 5-8 iyun kunlari harorat ayrim joylarda +42 darajagacha ko‘tarilishini ma’lum qilgan.
Jaziramadan saqlanish uchun foydali tavsiyalar