TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Zaporojye atom elektr stansiyasida halokat sodir bo‘lishini uyushtirishga urinishi mumkin, deb habar beradi amerikalik jurnalist Stiven Brayen "Asia Times" nashri uchun yozgan maqolasida.
Xususan, u Kiyev rejimi rahbarining Kaxovka GES portlashidan keyin “ruslarni to‘xtatish”ga da’vat qilgan kechagi bayonotiga e’tibor qaratdi.
"Agar g‘oya rossiyaliklarni ayblash uchun yirik yadroviy halokat hosil qilish bo‘lgan bo‘lsa, bu Ukraina va Yevropaga, balki butun dunyoga tahdid soladigan vayronkor harakatdir", - dedi Brayen.
Kiyev rejimining bunday harakatlari, boshidanoq muvaffaqiyatsizlikka uchragan Ukraina QKning qarshi hujumini saqlab qolishga urinish bo‘lishi mumkin, deb xulosa qildi sharhlovchi.