Tailandda boshlangan Osiyo chempionatida O‘zbekiston velosportchilari medallar qo‘lga kiritdi

Bugungi dasturdan o‘rin olgan aralash jamoaviy estafeta bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Tailandning Rayong shahrida veloshosse bo‘yicha litsenzion Osiyo chempionati boshlandi. O‘zbekiston terma jamoasi unda dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Bugungi dasturdan o‘rin olgan aralash jamoaviy estafeta bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
30 km masofaga kechgan kattalar o‘rtasidagi poygada Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Yevgeniya Golotina, Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Begzod Rahimboyevdan iborat jamoa kumush, Asal Rizayeva, Sevinch Yo‘ldosheva, Mohinabonu Elmurodova, Farruh Bobosherov, Diyor Tohirov hamda Kamoliddin Bahriddinovdan iborat yoshlar jamoasi esa bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Aralash jamoaviy estafeta, kattalar:
1. Qozog‘iston;
2. O‘zbekiston;
3. Xitoy.
Yoshlar:
1. Qozog‘iston;
2. Tailand;
3. O‘zbekiston.
Musobaqa U-18, U-23 va kattalar o‘rtasida o‘tkazilmoqda.
Chempionat dasturidan o‘rin olgan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi guruh poygasi yo‘nalishi litsenzion harakterga ega bo‘lib, unda 1-2-o‘rinni egallagan sportchilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Musobaqa 13-iyunga qadar davom etadi.