Samarqandda "Shirin" massivi barpo etiladi — foto

"Shirin" massivi uchun 389 gektar yer ajratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida "Shirin" massivining master rejasi taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Bu mahalla xalqaro aeroport yaqinida, Zarafshon darosi bo‘yida joylashgan. Ushbu hududda quriladigan zamonaviy massiv uchun 389 gektar yer ajratilgan.
Mirziyoyev Samarqanddagi zamonaviy massiv loyihasi bilan tanishdi
Loyihaga ko‘ra, massivda ko‘p qavatli uylar, maktab va bolalar bog‘chalari, poliklinikalar, sport maydonlari va ko‘ngilochar maskanlar bo‘ladi.
Mirziyoyev Samarqanddagi zamonaviy massiv loyihasi bilan tanishdi
“Yirik biznes va savdo majmualari iqtisodiyot rivojiga, ish o‘rinlari ko‘payishiga qo‘shimcha impuls beradi. Massivni shahar bilan bog‘lovchi ko‘prik va yo‘llar, infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlari barpo etiladi”, deyiladi xabarda.
Mirziyoyev Samarqanddagi zamonaviy massiv loyihasi bilan tanishdi