TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Rim va Milan shaharlarida oliy darajadagi muzokaralar, ikki tomonlama uchrashuvlar hamda Italiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.