TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. BRIKSga a’zo davlatlar o‘z valyutalarini joriy etishi natijasida keltirishi mumkin bo‘lgan zarar dollar uchun yengib bo‘lmas darajada bo‘ladi, deb yozadi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq maslahatchisi Jeyms Rikards "The Daily Reckoning" uchun yozgan maqolasida.
“Bu dollarning global rolini zaiflashtirishi va pirovardida uni yetakchi to‘lov va zaxira vositasi sifatida siqib chiqarishi mumkin bo‘lgan yangi asosiy valyutaning muomalaga kiritilishi bilan bog‘liq”, — dedi u.
Muallifning fikricha, BRIKS har jihatdan G‘arb gegemonligiga muhim muqobildir. Vashingtonning sanksiyalardan haddan tashqari ko‘p foydalanishi boshqa davlatlarni dollardan voz kechishga majbur qiladi. Bu esa Qo‘shma Shtatlarning zaiflashishiga va oxir-oqibatda Amerika valyutasiga ishonchning yo‘qolishiga olib keladi, deb hisoblaydi u.
“Ukrainada mojaro boshlanganidan beri AQSh va uning ittifoqchilarining Rossiyaga nisbatan joriy qilgan sanksiyalari misli ko‘rilmagan darajada. Shuningdek, ko‘plab davlatlar Oq uyga qarshi chiqish oqibati yomonligini bilishadi. Bu qo‘rquv dollar tizimidan butunlay voz kechish harakatini ancha tezlashtirdi”, — deya ta’kidladi Rikards.
Ekspertning xulosa qilishicha, dunyo BRIKS rivojlanishini diqqat bilan kuzatmayapti. Buning natijasi xalqaro valyuta tizimi uchun erta zarba bo‘ladi.