Chilonzor tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Issiq suv ta’minoti 7-iyun kuni kechqurun soat 21:00 gacha ishga tushadi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Bugun, 7-iyun kuni, Toshkent shahar Chilonzor tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Qatortol ko‘chasi bo‘ylab quvurlarni ko‘chirish va yangi issiqlik magistralini ulash ishlari yakunlanishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Chilonzor tumani: Beshchinor, Diyor, Oqtepa, Bog‘iston, Dilobod, Xalqlar do‘stligi, Nafosat, Qatortol, Katta Navbahor, Navbahor, Ko‘tarma, Zarqo‘rg‘on va Fidokor mahallalari.
Issiq suv ta’minoti 7-iyun kuni kechqurun soat 21:00 gacha ishga tushadi.