Toshkentning beshta tumanida elektr energiyasi o‘chirildi

Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Bugun, 6-iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi soat 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Bektemir tumani Iykota MFYning Orasta, Taraqqiyot, Mevazor, Fazilat, Muborak hamda Zartuproq ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Uchtepa tumani Katta qani MFYning N.Saidov hamda O.Zoyitov tor ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Yashnobod tumanining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida;
Mirzo Ulug‘bek tumani Mo‘minova hamda Sayram ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Yakkasaroy tumanining Kichik Beshog‘och, Andijon hamda Shamsi Kulol ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi.