AQSh bir harakati bilan NATOning zaifligini ko‘rsatdi — OAV

Amerikalik jurnalist AQSh prezidentligiga nomzodni "Amerika tarixidagi eng ahmoq nomzod" deb atadi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Tayvanni qurollantirishda NATOning Ukrainadagi qayg‘uli tajribasini esga olish kerak. Bu fikrni amerikalik jurnalist Jekson Xinkl bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq, AQSh prezidentligiga nomzod Vivek Ramasvami Xitoy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik qilmasdan Tayvanni himoya qilish yo‘lini aytgan edi. Buning uchun u orol fuqarolarini AR-15 miltiqlari bilan qurollantirishni va ulardan foydalanishni o‘rgatishni taklif qildi.
Jurnalist Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Vivek Ramasvami nutqiga izoh berar ekan nomzodni "Amerika tarixidagi eng ahmoq nomzod" deb atadi.
“Agar Ukrainada NATOning barcha zaxiralarini joylashtirish Rossiya zarbasini to‘xtatmagan bo‘lsa, unda bu ahmoq Tayvan fuqarolarini miltiqlar bilan qurollantirish Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasini to‘xtatadi, deb o‘ylashga nima majbur qiladi?”, deydi jurnalist.
Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar 2022-yil avgust oyi boshida AQSh Kongressi Vakillar palatasining o‘sha paytdagi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifidan so‘ng sezilarli darajada sovuqlashdi.