TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Ukraina Kaxovka gidroelektr stansiyasiga qarshi (GES) qo‘poruvchilik harakatini uyushtirdi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin vaziyat yuzasidan ma’lumot olib turibdi. Bu haqda Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Prezident Mudofaa vazirligi va boshqa xizmatlarning Kaxovka GES atrofida nimalar sodir bo‘layotgani haqidagi ma’lumotlarini olib turibdi. Biz shubhasiz ma’lum qilishimiz mumkinki, gap Ukraina tomonining ataylab uyushtirgan qo‘poruvchiligi haqida borapti”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, bu qo‘poruvchilik mintaqaning bir necha o‘n minglab aholisi uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buning ekologik va boshqa xususiyatdagi oqibatlarini aniqlash kerak bo‘ladi.
Moskva go‘yoki u Kaxovka GESga zarba berishga aloqadorligi haqida ayblovlarni qat’iyan rad etadi. Peskov qo‘poruvchilik Kiyev hukumati buyrug‘i bilan amalga oshirilganini ta’kidladi. Sodir bo‘lgan hodisa uchun javobgarlik Kiyev rejimi zimmasida.
Kaxovka GESning yuqori qismi o‘tgan tunda o‘qqa tutilish oqibatida qisman vayron bo‘ldi. Suv ombori to‘g‘oni vayron bo‘lmagan. Ukraina qo‘shinlari GESga “Olxa” zalp bilan o‘t ochuvchi tizimdan zarba berganini taxmin qilinmoqda. Ombor suvi pasayib bormoqda. Yaqin atrofdagi aholi punktlarini evakuatsiya qilish boshlangan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “terakt” moddasi bilan jinoiy ish ochgan.