Mirziyoyev va Qatar amiri Samarqandda daraxt ekdi — foto

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqanddagi Kongress markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdilar.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekiston-Qatar sammiti yakunida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqanddagi Kongress markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdilar.
“Bu O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlangani va yetakchilarning xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlash yo‘lidagi qat’iy intilishi ramzidir”, - deyiladi xabarda.
Shu bilan Qatar amirining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi. Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy samimiy xayrlashdilar. Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Samarqand shahridagi Kongress markazida Mirziyoyev va Qatar Amirining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti va Qatar Amiri huzurida 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi o‘tkazildi.