TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘qqa tutilishi natijasida Kaxovka GESning yuqori qismi vayron bo‘lgan, suv ombori to‘g‘onining o‘zi buzilmagan, dedi Novokaxovka shahar okrugi ma’muriyati rahbari Vladimir Leontyev RIA Novosti agentligiga.
Seshanbaga o‘tar kechasi bir qator Telegram-kanallarida Kaxovka GES butunlay vayron bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. Ayrimlar qulagan to‘g‘on tasvirlarini joylashtirdi.
“GESning shandorlar, klapanlar o‘rnatilgan yuqori qismiga tungi soat ikkilarda bir necha marta zarba bo‘ldi va u buzib tashlandi. To‘g‘on buzilmagan va bu katta baxt”, - dedi u Leontyev.
GESning quyi oqimida suv sathi 2,5 metrga ko‘tarildi, deya qo‘shimcha qildi mer.
Kaxovka GES - Xerson viloyati Novaya Kaxovka shahridan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Dnepr GES kaskadining oltinchi (quyi va oxirgi) bosqichidir. Uning vayron bo‘lishi minglab odamlarning o‘limiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashiga Ukraina qo‘shinlari tomonidan GESni o‘qqa tutish bilan bog‘liq provokatsiyalarni to‘xtatishga chaqiruvchi xat tarqatgandi.