"Davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik": Qirg‘izistonda 30 dan ortiq kishi qo‘lga olindi — video

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qilingan 30 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston maxsus xizmatlari davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan 30 dan ortiq kishini qo‘lga oldi, deb xabar berdi seshanba kuni RIA Novosti agentligiga respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
“Hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallab olish maqsadida ommaviy tartibsizliklar va itoatsizlik aksiyalarini uyushtirishni rejalashtirgan shaxslar qo‘lga olindi”, — dedi matbuot xizmati vakili.
Hammasi bo‘lib, fitnachilar guruhi yuzdan ortiq odamni tashkil etgan. Dushanba kuni ularning o‘ttizdan ortig‘i hibsga olingan va allaqachon o‘z aybiga iqror bo‘lishgan.
Avvalroq mahalliy OAVlar Qirg‘iziston maxsus xizmatlari davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlangan bir qancha shaxslarni qo‘lga olgani haqida xabar bergandi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda videolar tarqaldi. Kadrlarga qaraganda, qurolli xavfsizlik kuchlari Bishkekning xususiy sektorida operatsiya o‘tkazgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumotni juda xavotirli deb atadi va Kreml “yangiliklarni diqqat bilan kuzatib borishini” ta’kidladi.