Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojye viloyatida faol harbiy harakatlar qayta boshlangani ma’lum qilindi

Rogov: ertalab Zaporojye viloyatida faol harbiy harakatlar davom etdi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Zaporojye viloyatida faol jangovar harakatlar davom etmoqda,. Bu haqda “Mi vmeste s Rossiyey" ("Biz Rossiya bilan birgamiz") jamoat harakati rahbari Vladimir Rogov o‘zining o‘zining telegram-kanalida ma’lum qildi.

Bugun, erta tongdan (soat 04:00 dan boshlab) kecha boshlangan Vremevskiy tog‘i hududida faol jangovar harakatlar qayta boshlandi. Dushman kechagidan ham kattaroq kuchlarni hujumga tashladi, urinish kengroq miqyosda va uyushqoqlik bilan yorib o‘tishga qaratildi. Jang ketmoqda, - deyilgan xabarda.

Dushman Novopol, Priyutnoe, Novodarovka, Rivnopol qishloqlari hududida - bu Vremevovkaning janubi-g‘arbiy qismida, Zaporojye viloyati va DNR chegarasi yaqinida oldinga siljishga harakat qilmoqda.
Mudofaa vazirligining xabar berishicha, 4-iyun kuni ertalab Ukraina QK frontning janubiy Donesk yo‘nalishidagi beshta sektorida keng ko‘lamli hujumni boshladi. Jami dushman 6 ta mexanizatsiyalashgan va 2 ta tank batalonini jalb qildi. Rossiya armiyasi Ukraina QKning keng ko‘lamli qarshi hujumini barbod qildi.