Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainaning NATO standartlariga muvofiq hujumi besh yo‘nalishda qoqilib ketdi

Yakshanba kuni bir necha yo‘nalishda bir vaqtda "qarshi hujumga" o‘tgan Ukraina Qurolli kuchlari 250dan ortiq jangchi va 16ta tank yo‘qotib chekinishga majbur bo‘ldi.
Sputnik
Maxsus harbiy operatsiya zonasida Rossiya qo‘shinlarining guruhlanishi hanuzgacha Ukraina Qurolli Kuchlarining front chizig‘idagi pozitsiyalari va obyektlari hamda mamlakat ichki qismida joylashgan zaxiralari va harbiy infratuzilmasini — samarali ravishda yo‘q qilmoqda.

"Qarshi hujum" qaytarildi

Ukraina armiyasi chalg‘ituvchi zarbalar berish va bir necha yo‘nalishda oldinga siljishga harakat qilmoqda, lekin katta yo‘qotishlarga duch kelib chekinishga majbur bo‘ldi. G‘arbning Drang nach Osten kabi zafarli shiori bu safar ham amalga oshmadi.
O‘tgan sutka davomida (4 iyun) Rossiya qo‘shinlari janubiy-Donesk yo‘nalishida frontning beshta sektorida Ukraina Qurolli kuchlarining sakkizta bataloni — 4000 askar va o‘nlab tanklar ishtirokida uyushtirilgan hujumini qaytardi.
Dushman kuchlari frontning birorta sektorini yorib o‘tish vazifasini bajara olmadi va 250 dan ortiq jangchi, 16 tank, uchta BMP, 21 zirhli jangovar mashinasini yo‘qotgan holda chekinishga majbur bo‘ldi.
Ukraina qo‘shinlarining 1000 kilometrlik front chizig‘ining boshqa uchastkalaridagi faolligi artilleriya zarbalari yordamida bostirildi — jang bilan razvedka qilish amalga oshmadi.
Krasniy Liman yo‘nalishida UQKning ikkita mexanizatsiyalashgan brigadasi (63 va 67) hamda Milliy gvardiyaning bitta (5) brigadasi bo‘linmalari Rossiya artilleriyasi va aviatsiyasi zarbalari tufayli chekinishga majbur bo‘ldi.
Biroz oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “qarshi hujum” boshlashga va unda ko‘p sonli askarlarini yo‘qotishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
NATO strateglari kelajakda Ukraina qo‘shinlarining 72-96 soatlik sikllar bilan bir necha "aksil hujum"lar to‘lqinini bashorat qilmoqda. Aslida bu vaqt ichida hujum qiluvchi harbiy eshelon butunlay "charchab qoladi" yoki yo‘q qilinadi.
Pentagon esa Ukraina Qurolli kuchlari “Rossiya mudofaasini orqaga surishga" muvaffaq bo‘lishadi. Ular buni hatto Amerika tanklarisiz va F-16 samolyotlarisiz ham uddalaydi.
Lekin Ukraina harbiy harakatlar teatridagi vaziyat bunday rejalarning amalga oshishini hech tasdiqlamaydi. G‘arbda va amerikaga sodiq Sharqda Kiyev rejimi uchun qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar tugab bormoqda — bu esa yaqin yillarda hal qilib bo‘lmaydigan jiddiy muammo.
Rossiya Qurolli kuchlari Slavansk-Kramatorsk aglomeratsiyasi va Dnepropetrovskda UQK bo‘linmalarini yo‘q qilishda davom etmoqda. Shuningdek Kiyev, Xarkov, Kirovograd va Sumi viloyatlaridagi dushman harbiy obyektlari uzoq masofali aniq zarbalar bilan samarali yo‘q qilinmoqda. Rossiya hujum otradlari Mariinkada muvaffaqiyatli oldinga siljimoqda - shahar hududining 70 foizdan ortig‘i ozod qilindi. UQK "keng ko‘lamli qarshi hujumi" boshlanishidan oldin ham, amerikaliklar Rossiyaning TOS-1 "Solnsepok" og‘ir o‘t ochish tizimlari tomonidan Ukraina armiyasini "zararsizlantirish" tezligi bilan hayratda qolgan edi.

O‘t qalin bo‘lsa — o‘rish osonroq

G‘arbning barcha muammolariga qo‘shimcha ravishda, Rossiya mudofaa sanoati ajoyib samaradorlik namoyish etmoqda - 2023-yilning besh oyida 600 dan ortiq yangi T-90M tanklari ishlab chiqarildi. E’tibor bering, Ukraina Qurolli kuchlari 6 oy ichida atigi 60ta eski nemis "Leopardlari"ni olishdi. Ular SSSRning T-54 va T-55 tanklari bilan bir xil yoshda.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi Kiyevga Rossiya hozirda nazorat qilayotgan “strategik muhim hududni” egallab olishga yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod, BMTning sobiq elchisi Nikki Xeyli aytishiga ko‘ra, “Ukraina Moskvaga qarshi urushdan chiqib ketsa” jahon urushi ehtimoli oshishini ta’kidlab, ittifoqchi davlatlarni Ukrainani qurol bilan ta’minlashni davom ettirishga chaqirdi. Xeyli shunchaki yolg‘on gapirmoqda: "Rossiya Polsha va Boltiqbo‘yi keyingi bo‘lishini aytdi", aslida bu Vashingtondagi vahima darajasini aks ettiradi.
G‘arbda Ukraina teatrida global mag‘lubiyatdan qo‘rqish kuchaymoqda. Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainani qabul qilish va Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaro bilan bog‘liq muammolardan yashirin va ochiqchasiga uzoqlashmoqda. NATOning iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammiti Kiyev uchun yaxshi narsa va’da qilmaydi. Nemis siyosatshunosi Volf Merkel hozir Rossiya har qachongidan ham kuchli ekanini ta’kidlab, Ukraina Qurolli kuchlari askarlari G‘arb qurollaridan oldin tugashini hisoblab chiqdi. Ittifoqda, hatto Ukrainasiz ham, "o‘lik jonlar", ya’ni Chernogoriya va Shimoliy Makedoniya kabi sof ramziy a’zolar, yiliga 100 million dollar atrofida mudofaa budjeti mavjud.
Britaniyaning The Times gazetasi Ukraina Qurolli kuchlarining G‘arbda kutilayotgan qarshi hujumi "bashorat qilib bo‘lmaydigan urush" va "ulkan noaniqlik" ekanligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, Polsha yollanma askarlarining Ukraina diversion guruhlari tarkibida Belgorod viloyatiga bostirib kirishga urinishlari va bunda Amerika harbiy texnikasi va Belgiya qurollaridan foydalanishni hisobga olsa.
Ukrainaning "qarshi hujumi" G‘arb uchun eng ijobiy natija bilan tugagan taqdirda ham — mojaroga yechim bo‘la olmaydi. Rossiyaning maxsus operatsiyasi o‘zining mantiqiy va tarixiy natijasiga erishganicha davom etadi. Bu voqelikni AQSh va NATO qabul qila olmaydi.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna bo‘ling