Toshkentda II Xalqaro farmatsevtika forumi boshlandi — tafsilotlar

Ishtirokchilar O‘zbekistonda ushbu sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilik tashabbuslariga alohida e’tibor qaratadi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Toshkentda II Xalqaro farmatsevtika forumi boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Forumda samarali rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish maqsadida respublika va qo‘shni davlatlar farmatsevtika bozorining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Ishtirokchilar O‘zbekistonda ushbu sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilik tashabbuslariga alohida e’tibor qaratadi.
Mazkur forum O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Belarus va boshqa mamlakatlar farmatsevtika sanoati yetakchilarini birlashtirgan professional xalqaro maydondir.
Forum 5 va 6-iyun kunlari davom etadi.