TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar qilindi.
Farmonga ko‘ra, Qatar fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.
Qayd etish joizki, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5-6 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.
Fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish mumkin.