O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar Osiyo chempionatida birinchi bo‘lishdi

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Taxmina Ikromova 5 yo‘nalishda g‘alaba qozonib, shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar orasida eng yaxshi multimedalchi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Filippinning Manila shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza, jami 18 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Taxmina Ikromova 5 yo‘nalishda g‘alaba qozonib, shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar orasida eng yaxshi multimedalchi bo‘ldi. Musobaqada terma jamoa vakillari quyidagi yo‘nalishlarda medallarga sazovor bo‘ldi:
Oltin medal:
Jamoaviy yo‘nalishda kattalar terma jamoasi;
Ko‘pkurash, kattalar: Taxmina Ikromova;
Halqa, kattalar: Taxmina Ikromova;
To‘p, kattalar: Taxmina Ikromova;
Bulava, kattalar: Taxmina Ikromova;
Jamoaviy yo‘nalishda yoshlar terma jamoasi;
Guruh mashqining ko‘pkurash yo‘nalishida yoshlar terma jamoasi;
Halqa, yoshlar: Anastasiya Saranseva;
Bulava, yoshlar: Lola Jo‘rayeva;
Tasma, yoshlar: Mishel Nesterova.
Kumush medal:
Guruh mashqining ko‘pkurash yo‘nalishida kattalar terma jamoasi;
To‘p, kattalar: Evelina Atalyans;
Bulava, kattalar: Yosmina Rahimova;
Guruh mashqining 3 tasma va 2 ta to‘p mashqida kattalar terma jamoasi;
To‘p, yoshlar: Natalya Usova;
Guruh mashqining 5 arg‘amchi dasturida yoshlar terma jamoasi;
Guruh mashqining 5 to‘p dasturida yoshlar terma jamoasi.
Bronza medali:
Tasma, kattalar: Yosmina Rahimova.