TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Kecha Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida yengil atletika bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ilk kunning o‘zida 2 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Dunyozod Sayfullayev disk uloqtirish, Malika Nasriddinova yadro uloqtirish yo‘nalishlarida shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olishdi. Sayfullayev o‘z chiqishi davomida 55.58 metr natija qayd etgan bo‘lsa, Nasriddinova 15.76 metr bilan musobaqani yakunladi.
Disk uloqtirish, yigitlar:
Bxartprit Sinx (Hindiston) – 55.66;
Dunyozod Sayfullayev (O‘zbekiston) – 55.58;
Muhammadrizo Sisaxt (Eron) – 55.44.
Yadro uloqtirish, qizlar:
Lin Jiatsin (Xitoy) – 15.91;
Malika Nasriddinova (O‘zbekiston) – 15.76;
Gao Yirui (Xitoy) – 15.30.