Shamol va issiq harorat — O‘zbekistonda 4-iyun uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, ayrim hududlarda 12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat +39 daraja issiq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Bugun respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkentda sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +20-22 daraja iliq, kunduzi +35-37 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +20-25 daraja iliq, kunduzi +34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +20-25, cho‘l hududlarida +25-28 darajagacha iliq, kunduzi +34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +18-23 daraja iliq, kunduzi +34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +20-25 daraja iliq, kunduzi +34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +15-20 daraja iliq, kunduzi +32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +10-15, kunduzi +22-27 daraja iliq bo‘ladi.