TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Anqarada Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning inauguratsiya marosimi boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev ham inauguratsiya marosimida ishtirok etmoqda.
Avvalroq Rejep Tayyip Erdog‘an qasamod qildi. Endi u keyingi besh yillik uchun Turkiya prezidenti lavozimiga kirishadi. Parlament spikeri Bahcheli unga mandatini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning inauguratsiya marosimida 78 davlatdan yuqori darajali vakillar ishtirok etmoqda. Ular orasida 21 davlat rahbarlari xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston prezidentlari ham bor. Shuningdek, marosimga 13 mamlakat bosh vazirlari, jumladan Pokiston, Vengriya, Armaniston va Liviya bosh vazirlari taklif etilgan.