TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida to‘rt ming yillik odam qabrlari topildi, deya xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Qayd etilishicha, “Jarqo‘ton” yodgorligida xorijlik mutaxassislar bilan arxeologik qazishma va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
V Uzbekistane obnarujili drevnee kladbishe
© Agentstvo kulturnogo naslediya Respubliki Uzbekistan
Yodgorlikda topilgan odam qabrlarida taqinchoq va sopol idishlar ham aniqlangan.
Hozirga qadar yodgorlikning hukmdor saroyi, O‘rta Osiyoning ilk ibodatxonasi va mingdan ortiq qabrlar ochib o‘rganilgan.
V Uzbekistane obnarujili drevnee kladbishe
© Agentstvo kulturnogo naslediya Respubliki Uzbekistan
“Jarqo‘ton” yodgorligi 4000-yillik tarixga ega, O‘zbekistonda yagona bo‘lgan eng qadimgi shahar hamda O‘rta Osiyodagi dastlabki sivilizatsiya beshigi hisoblanadi.