TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Endi ovqatlanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan PQ-171-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatda keltirilishicha, 1-iyulga qadar umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘lishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida "Oqilona iste’mol" dasturi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tavsiyalarini joriy etish ham nazarda tutilgan.
Dasturga ko‘ra, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy choralar qo‘llaniladi va nazorat mexanizmlari o‘natiladi.
Ushbu dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:
davlat organlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda oziq-ovqat iste’molinining oqilona meyorini belgilash, ortiqcha iste’molni kamaytirish, shu jumladan bir shaxsga bir martalaik ovqatlanish meyorini belgilash;
umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar va iste’molchilarning oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan mas’uliyatini oshirish;
aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish hamda meyoridan ortiq iste’molni targ‘ib qilishni cheklash.