TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Anqara shahriga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari Turkiya Prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi.
Tashkilotchilar qayd etishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.