TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning saylangan prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning inauguratsiya marosimida ishtirok etadi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
"Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 3-iyun kuni Anqara shahrida Turkiya prezidentining lavozimga kirishishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi", deyiladi xabarda.
Tashkilotchilar qayd etishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.