Nima uchun Bayden tez-tez yiqilib turadi — shifokor fikri

Baydenga yiqilganidan keyin tayoqdan foydalanish maslahat berildi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden navbatdagi yiqilishdan keyin tayoqdan foydalanishi kerak. bunday fikrni Oq uyning Jorj Bush davridagi tibbiy maslahatchisi Jonatan Reyner bildirdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Tashqaridan yomon ko‘rinadi, lekin unga omad kulib boqmadi, u shunchaki qum qopiga qoqilib ketdi", dedi shifokor va odamlar, ayniqsa qariyalar tez-tez yiqilib tushishini qo‘shimcha qilib.
U Amerika yetakchisining oldingi yiqilishlarini eslab, o‘ziga xos “qo‘zg‘alish” va chayqalib yurish artrit tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa kerak, shuning uchun u biror narsaga qoqilib qolganda muvozanatni saqlash qiyinligini ta’kidladi.
“Prezidentga juda ehtiyot bo‘lishni maslahat bergan bo‘lardim, beqaror yuzada tayoq ishlatish yomon fikr bo‘lmaydi. Bilaman, u buning tashqi ko‘rinishini yoqtirmasligi mumkin, ammo yiqilish bundan ham yomonroq ko‘rinadi", - deya xulosa qildi Reyner.
Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Jo Bayden Koloradodagi AQSh Harbiy-havo kuchlari akademiyasi kursantlariga diplom topshirish marosimida yiqilib tushdi.