Balzira Nurimova qoraqalpog‘istonlik eng mashhur oshpazlardan biri. U 10-yildan ortiq vaqt davomida qoraqalpoq milliy taomlari pishirib kelmoqda. Uning taomnomasida baliq go‘shtidan pishirilgan ovqatlar alohida o‘rin olgan.
Balzira ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etgani uchun ko‘plab mukofotlarga ega. Biroq u Qoraqalpog‘istonda mashhur bo‘lgan baliq taomlarini o‘zining tashrif qog‘ozi deb biladi.