O‘zbekistonda ilk yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi

Tomdi tumanida 4,7MVtli turbinasi o‘rnatildi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida birinchi 4,7MVtli turbinasi o‘rnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Uning balandligi 97 metr, shamol parraklarining har biri esa 77 metrni tashkil qiladi.
BAAning “Masdar” kompaniyasi amalga oshirayotgan bu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatiladi.
Mazkur elektr stansiyaning ilk quvvatlari joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo‘lib hisoblanadi.
Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.