O‘zbekiston tog‘larida qancha qor qoploni qolgan — video

Qor qoploni — yirtqichlarning kam o‘rganilgan turlaridan biri bir qator mamlakatlarning xalqaro va milliy Qizil kitoblariga kiritilgan.
Sputnik
Qor qoploni yoki irbis yirtqichlarning eng kam uchraydigan turlaridan biri va O‘zbekistonning baland tog‘larida yashaydigan yagona yirik mushukdir.
Ushbu yirtqich O‘zbekiston Qizil kitobiga “yo‘qolib ketish arafasida” maqomida kiritilgan. Bundan tashqari, u qo‘shni respublikalar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning milliy Qizil kitoblariga kiritilgan.
Qor qoplonlarini yo‘q qilishning asosiy sabablaridan biri bu ularning chiroyli terisi uchun brakonyerlikdir. Bundan tashqari, ularni qafasga solib namoyish qilish uchun ham qo‘lga olinadi. Yana bir sababi chorva mollariga qilingan hujumlar tufayli ham yo‘q qilinadi.
Yaqin vaqtgacha O‘zbekistonda qor qoplonlari soni 50 dan 80 tagacha bo‘lgan. Biroq yovvoyi hayvonlarni kuzatish va qayd etishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar tufayli bugungi kunda O‘zbekiston Tabiiy resurslar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yirtqichlarning 100 dan ortig‘i aniqlangan.